Dual taʼlim tizimi xorijiy davlatlar nigohida
Mualliflar
Sultonova Gulnoza Raximberdi qizi
Sultonova Gulnoza Raximberdi qizi 1999-yil 22-yanvar Andijon viloyati Xo’jaobod tumani Egamberdiobod qishlog’ida ziyoli oilasida tug’ilgan. Millati - o’zbek. G.Sultonova Xo’jaobod tumani Egamberdiobod MFY 17-umumiy o’rta ta’lim maktabini 2015-yilda tamomlagan.2015-yil Andijon davlat universiteti qoshidagi 3- sonli akademik litseyni tamomlagan. 2019-yil Andijon davlat universiteti Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish yo’nalishiga o’qishga qabul qilingan.2023-yil o’qishni tamomlagan.2023-2025 yillar davomida Andijon davlat pedagogika inisitutida magistraturada Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (Boshlang’ich ta’lim) yo’lanishida taxsil olgan.2024-yil dan buyon Andijon davlat pedagogika instituti Boshlang’ich ta’lim kafedrasida faoliyat olib bormoqda.
Sultonova Gulnoza Raximberdi qizining ilmiy ishlari va adabiy merosi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
✅“Boshlang’ich ta’limda matematika va ona tilidan sinfdan tashqari ishlar”, "Ona tili-o’qish savodxonligi va uni o’qitish metodikasi" nomli darslik va o’quv qo’llanma;
✅15 dan ziyod ilmiy maqolalar muallifi.
Usmanova Umida Aybekovna
Andijon davlat pedagogika instituti "Boshlang'ich ta'lim" kafedrasi mudiri Usmanova Umida Aybekovna pedagogika fanlari doktori, professor.
Umida Usmanova 1988-yil 18-avgustda Qirg'iziston Respublikasining O'sh viloyatida tug'ilgan. U Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetini ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi bo‘yicha tamomlagan.
Talabalik davrida Zulfiya nomidagi davlat mukofoti, “Yil talabalsi” Respublika ko’rik tanlavi g’olibi. Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori bo’lgan.
Usmanova 13.00.02 – Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha “Boshlang'ich ta'lim magistratura talabalarining ilmiy tadqiqotchilik kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” mavzusida dissertatsiya ishini himoya qildi va pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasiga erishdi.
U. Usmonova Turkiya davlatining Istanbul shahrida Marmara hamda Aydin universitetlarida, Izmir shaxrida EGE universitetida, Ankara shaxrida GAZI universitetida, Karabuk shaxrining Karabuk universitetlarida bo’lib ilmiy satjirovka o’tagan. Bundan tashqari Qozog’iston Respublikasining Tashenov nomidagi davlat universitetida ilmiy izlanishlar olib borgan.,
Usmanova Umida Aybekovnaning ilmiy ishlari va adabiy merosi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
✅“Boshlang'ich ta'limda tarbiya fani”, "Xalqaro baxolash asoslari" nomli darsliklar;
✅“Ona tilidan sinfdan tashqari ishlar”, "Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi", " STEAM va SMART ta'lim texnologiyasi", "Mutaxassislikka kirish" nomli o‘quv qo‘llanmalar;
✅30 dan ziyod ilmiy maqolalar muallifi.